img

"1 aprel kuni soat 23:00 dan keyin turli odamlar "Oltin qanot" va "Volontyorlar akademiyasi" guruhlariga #uzur_sora va dushmanlik bilan haqoratomuz xabarlar yoza boshlashdi. Ularning aniq soni 530 ga yaqin. Yoshlar ishlari agentligi rahbari va uning oʻrinbosaridan bu jamoani toʻxtatish kerak deb so'rab chiqishdi. "Ko’pchilik negativ fikrlarga to’lgan diktaturniy volontyorlik” degan yozuvlarni yozildi, plastik kartochkalarga pul yigʻishtirib olishmoqda, mualliflik huquqi bo’yicha sudga berish kerak va yolg’onchilar deb aytilgan turli fikrlar bildirishdi. Ular juda ko'p salbiy fikrlarni aytishdi, ular o'z kuchlarini ko'rsatishga harakat qilishdi, lekin Volontyorlar jim. Bunga nima sabab bo'ldi?

Anvarovsblog tomonidan berilgan davat sabab, Oltin qanot va Volontyorlar akademiyasiga “hujumga” deb buyrug’ berdi. Va uning faolari tomonidan shunday hujum sodir bo'ldi.

Bunday holat yuzaga kelganiga oydinlik kiritadigan bo'lsak, ular quyidagi xatolik sabab bo'lganini aytishadi. Ya’ni “Oltin qanot” faollaridan biri Ismoil Anvarovning xayirli loyihasiga yordam berish uchun boradi va o‘zi yaratgan Instagramdagi Biz safdamiz sahifasiga joylaydi. Ko'pchilik tomonidan ko'riladi va topga chiqadi. Bundan norozi bo'lgan Anvarovsblog o'z kanalida "Oltin qanot" va Volontyorlar akademiyasiga qarshi post yozadi. Natijada, bunday holat yuzaga keladi. Biroq, bu video “Oltin qanot” va “Volontyorlar akademiyasi”ning birorta ham rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida chiqmagandi. Bu volontyorlar jamoasi plastik kartaga ham pul yig‘magan.

Kim yoki nima aybdor edi? Boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqchi bo‘lgan Ismoilning nima aybi bor edi? Yaxshilik va yaxshiliklarni boshqalar bilan baham ko'rishmi? Oltin qanotda nima ayb? Yaxshilik qilgan holda bunday mojaro qilish yaxshimi? Agar xatoga yo'l qo'yilgan bo'lsa, uni jazolaydigan faqat bittasi bor. U ham bo'lsa, Ollohdir!

Ba'zi hujumchilarning aytishicha, ularga shunday savollar berilganda, ular nima qilayotganlarini va vaziyat qandayligini tushunmasdan qatnashgan.

Volontyorlar javobi esa, boshqacha bo’ldi. Oltin qanotdagi faollarga aytdik: Bas ular bizga ziddiayat qilishgan bo’lsa, siz javob qaytarmang. Dushmanlik qilmang, bilib-bilmay to’xmat qilmang, yomonlik yo’lini tanlamang. Ro’za oyida yomonlikda bo’lmang. Olloh bilguvchi, Olloh jazolovchi va Olloh to’g’ri hukum chiqarguchi. Shunday ekan, Volontyor bo’lib, chiroyli tabassum bilan hayirli ishlaringizni davom eting. Boshqalarga o’zingizni yomon kuchingizni ko’rsatmang. Yaxshilik qiling, ezgulik ustida tortishmang. Ahir volontyorlar barchaga mehribonliklari bilan namunali. Maqsadlar umumiy, vazifalar esa fazilatlardir. Bu yo‘ldan yurganlar doim bir bo‘ladi.
2 comments