Siz bilishingiz kerak boʻlgan vaziyatni toʻliq ochib bermoqchimiz. (Bizning ijtimoiy tarmoqlarga aʼzo boʻling va qoʻllab-quvvatlang!) Oʻzbekistondagi davlat hokimiyati quyidagilardan iborat:
1. Prezident
2. Oliy Majlis
3. Vazirlar Mahkamasi
4. Sud hokimiyat
shulardan iborat va bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi va Prokuratura ham bor.PREZIDENT. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi (7 yil muddatga) mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentlari:
1. Islom Karimov (1991-2016)
2. Shavkat Mirziyoyev (2016-hozirgacha)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi — Prezidenti faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy-nazorat jihatdan taʼminlashni amalga oshiruvchi davlat organidir. Prezident administratsiyasida prezident yordamchisi 11 nafarga koʻpaytirilgan va umumiy 16 ta lavozim mavjud. Devon tuzilmasi: prezident yordamchisi; iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi; energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi; agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi; din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi; kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi; Axborot siyosati departamentining rahbari; Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga; Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga; Tashqi aloqalar departamentining rahbari; Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari; Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga; prezident protokolining rahbari; prezident matbuot kotibi; Nazorat inspeksiyasining boshligʻi lavozimlari mavjud.Prezident huzuridagi tashkilotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiOLIY MAJLIS. Oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati — besh yil. Uchta asosiy davrga boʻlinadi:
Birinchi davr: 1991-1994 yillar (Oʻtish davri parlamenti- Oliy Kengash)
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar (bir palatali parlamenti-1995 yildan, ikki palatali parlamentga oʻtish-2004 yildan)
Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Qonunchilik palatasi jami: 5 ta fraksiya (partiyalar), 12 ta qoʻmita, 3 ta komissiya, 150 nafar deputatlar va qonunchilik palatasi Devonidan iborat.Qonunchilik palatasi kengashi tarkibi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Spikerining birinchi oʻrinbosari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining rahbari Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmita raisi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Аgrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi
Komissiya: Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Kengash Odob komissiyasi
Qonunchilik palatasi Devon rahbariyati: 1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari 2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari 3. Kotibiyat mudiri 4. Yuridik boshqarma boshligʻi 5. Davlat byudjeti boshqarma boshligʻi 6. Parlament axborot markazi rahbari 7. Axborot-tahlil boʻlimining mudiri 8. Lingvistik ekspertiza va tahririyat boʻlimining mudiri 9. Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi mudiri 10. Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi mudiri 11. Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimining mudiri 12. Moliya, hisob va hisobot boʻlimi mudiri
SENAT. Ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Barcha hududlardan 4 kishidan, Prezidenti tomonidan 9 nafari tayinlanadi va jami 100 nafar. Senat 10 ta qoʻmita, 3 ta komissiya, 100 nafar senator, Senat devonida 17 ta boʻlim, 6 ta Respublika komissiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi yoshlar parlamenti faoliyat olib boradi.
Tarkibi: Senat raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorigʻi Kengashi raisi Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi
Komissiyalar: 1. Odob-axloq komissiyasi 2. Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi
Respublika komissiyalari: 1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha Respublika kengashi 2. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya 3. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasi 4. Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi 5. Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi 6. Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Аssambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha komissiyasi
VAZIRLAR MAHKAMASI. Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Jami: 21 ta vazirlik, 4 ta agentliklar, 5 ta qoʻmitalar, 14 ta hokimiyat, 1 ta jamgʻarma, Bosh vazir kotibiyati 5 ta, Vazirlar Mahkamasi Apparati 7 ta,
Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzolari boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziridan, uning oʻrinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qoʻmitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining Rayosati — Vazirlar Mahkamasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi organidir. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili ham mavjud. Vazirlar Mahkamasi Apparati — Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun faoliyat koʻrsatadi.
VAZIRLIKLAR: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 9. Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi 10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishlоq хoʻjаligi vаzirligi 11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjаligi vаzirligi 12. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 14. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 17. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 18. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Sоgʻliqni saqlash vаzirligi 19. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Tashqi ishlаr vаzirligi 20. Oʻzbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi 21. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
HOKIMIYATLAR 1. Qoraqalpogʻiston rеspublikаsi vаzirlаr kеngаshi 2. Andijon vilоyati hоkimligi 3. Buxoro viloyati hokimligi 4. Jizzах vilоyati hоkimligi 5. Qashqadaryo viloyati hоkimligi 6. Nаvоiy vilоyati hоkimligi 7. Namangan vilоyati hоkimligi 8. Samarqand viloyati hokimligi 9. Surxondaryo vilоyati hоkimligi 10. Sirdaryo vilоyati hоkimligi 11. Tоshkеnt vilоyati hоkimligi 12. Fargʻоnа vilоyati hоkimligi 13. Xorazm vilоyati hоkimligi 14. Toshkеnt shаhаr hоkimligi
AGENTLIKLAR: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
QOʻMITALAR: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi 2. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi bojxona qoʻmitasi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikаsi Din ishlаri boʻyichа qoʻmitаsi
JAMGʻARMALAR: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiBOSH VAZIR KOTIBIYATI: 1. Bosh vazir kotibiyati 2. Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 3. Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4. Investitsiyalar eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati 5. Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati
VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING BOʻLINMALARI: 1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti; 2. Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti; 3. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti; 4. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti; 5. Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti; 6. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti; 7. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti
SUD HOKIMIYATI. Sud hokimiyati — hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻidir. Odil sudlovni amalga oshiradi. U Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudidan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi — qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud hokimiyati organidir. Sud tarkibida sudyalardan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun Konstitutsiyaviy sudning devoni tuzilgan. Devonning asosiy vazifasi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini tashkiliy-texnik, ilmiy-tahliliy, axborot-maʼlumot va moliyaviy-xoʻjalik jihatdan taʼminlash hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashi ham faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi — fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Markaziy apparat, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Oliy sud Rayosati, Sudlov hayʼatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashining tarkibi va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudidan iborat.
Markaziy apparat: Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshligʻi Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti boshligʻi Birinchi boʻlim boshligʻi Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi Xalqaro-huquqiy aloqalar boʻlimi boshligʻi Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshligʻi Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departament direktori Bosh buxgalter Ishlar boshqarmasi boshligʻi Devonxona boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.
Sudlov hayʼatlari: 1. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati 2. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati 3. Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati 4. Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. Markaziy saylov komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senati aʼzolari saylovini va Oʻzbekiston Respublikasining referendumini umumiy, teng, toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli orqali oʻtkazish. Saylovlarning ochiq va oshkoraligini taʼminlaydi. MSK aʼzolari va kotibiyatdan iborat.
PROKURATURA. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
Umumiy maʼlumotlar: Oʻzbekiston Respublikasi umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Oʻzbekiston aholisi 36 858 786 (2024 yil 1 fevral holati) nafarni tashkil etadi.
DAVLAT RAMZLARI
1. Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
2. Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
2 comments
Your think!
ReplyYour think
Reply