
Siz bilishingiz kerak bo'lgan vaziyatni to'liq ochib bermoqchimiz. O'zbekistondagi davlat hokimiyati quyidagilardan iborat:
1. Prezident
2. Oliy Majlis
3. Vazirlar Mahkamasi
4. Sud hokimiyati — shulardan iborat, bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi va Prokuratura ham bor.
PREZIDENT. O'zbekistonda prezidentlik lavozimi sifatida 1990-yil 24-martda ta'sis etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi (7 yil muddatga) mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentlari:
1. Islom Karimov (1991–2016)
2. Shavkat Mirziyoyev (2016 — hozirgacha)
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi — Prezident faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy-nazorat jihatdan ta'minlashni amalga oshiruvchi davlat organidir. Prezident administratsiyasida prezident yordamchisi 11 nafarga ko'paytirilgan va umumiy 16 ta lavozim mavjud.
Prezident huzuridagi tashkilotlar: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi; Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti; Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil; Davlat boshqaruvi akademiyasi; Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi; Xalq qabulxonalari; Strategik islohotlar agentligi; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi; Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi; Tibbiyot bosh boshqarmasi.
OLIY MAJLIS. Oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat. Vakolat muddati — besh yil.
Uchta asosiy davrga bo'linadi:
Birinchi davr: 1991–1994 yillar (o'tish davri parlamenti — Oliy Kengash)
Ikkinchi davr: 1995–2004 yillar (bir palatali parlament — 1995 yildan, ikki palatali parlamentga o'tish — 2004 yildan)
Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Qonunchilik palatasi jami: 5 ta fraksiya (partiyalar), 12 ta qo'mita, 3 ta komissiya, 150 nafar deputat va qonunchilik palatasi Devonidan iborat.
SENAT. Ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi. Barcha hududlardan 4 kishidan, Prezident tomonidan 9 nafari tayinlanadi va jami 100 nafar. Senat 10 ta qo'mita, 3 ta komissiya, 100 nafar senator, Senat devonida 17 ta bo'lim, 6 ta Respublika komissiyalari hamda Senat huzuridagi yoshlar parlamenti faoliyat olib boradi.
Respublika komissiyalari: Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika kengashi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha Milliy komissiya va boshqalar.
VAZIRLAR MAHKAMASI. O'zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organidir. Jami: 21 ta vazirlik, 4 ta agentlik, 5 ta qo'mita, 14 ta hokimiyat, 1 ta jamg'arma mavjud.
VAZIRLIKLAR (21 ta): Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi va boshqa 18 ta vazirlik.
HOKIMIYATLAR: Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 12 ta viloyat hokimligi va Toshkent shahar hokimligi.
SUD HOKIMIYATI. Hokimiyatlar bo'linishi qoidasiga ko'ra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil tarmog'idir. Odil sudlovni amalga oshiradi. U O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudidan iborat.
Sudlov hay'atlari: Fuqarolik ishlari bo'yicha, Jinoyat ishlari bo'yicha, Ma'muriy ishlar bo'yicha va Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atlari.
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. O'zbekiston Respublikasi hududida Prezident, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senati a'zolari saylovini va referendumini o'tkazadi. Saylovlarning ochiq va oshkoraligini ta'minlaydi.
PROKURATURA. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Umumiy ma'lumotlar: O'zbekiston Respublikasi umumiy maydoni 448,9 ming km² ni tashkil etadi. O'zbekiston aholisi 36 858 786 nafarni tashkil etadi (2024-yil 1-fevral holatiga).
DAVLAT RAMZLARI: 1. Davlat gerbi — 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. 2. Davlat bayrog'i — 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. 3. Davlat madhiyasi — 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan.